SMK hamda korporativ boshqaruv tizimini baholash boʻyicha mustaqil audit tashkilotlari uchun tanlov

2025-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini milliy standartlari asosida hamda xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish, SMK hamda korporativ boshqaruv tizimini baholash  boʻyicha mustaqil audit tashkilotlarga tanlov boshlanganligi haqida eʼlon qiladi!

Tanlovda  qatnashmoqchi boʻlgan auditorlik tashkilotlari 2025-yil 16-apreldan 27-aprelga qadar jamiyat boshqaruv kengashiga oʻz tijorat takliflarini taqdim etishlari lozim.

Qoʻyiladigan talablar:

– Audit tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, telefon aloqa raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

–    Litsenziyalar, rahbar imzosi va tashkilotning muxri, sugʻurta polisi, davlat roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlangan nusxalari;

–    Shartnoma predmeti, ariza beruvchining yuridik shaxslar faoliyatining umumiy auditni oʻtkazish tajribasi. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlarning moliyaviy  hisobotlarini majburiy tekshirishlarining sonini koʻrsatgan holda rahbarning imzosi va audit tashkilotining muxri bilan tasdiqlangan tijorat taklifi;

–    Rahbar imzosi va tashkilot muxri bilan tasdiqlangan hujjatlar, jumladan mutaxassislarning tarkibi va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar, auditorlik tashkilotida mexnat shartnomasi boʻyicha ishlaydigan xalqaro va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan xodimlar soni;

–    Audit tashkiloti tomonidan auditorlik xizmatlarining narxini koʻrsatgan holda moliyaviy hisobotlarning majburiy auditi taqdim etish toʻgʻrisida imzolangan shartnoma loyihasi.

Yuqorida koʻrsatilgan xujjatlar, arizalar konvertda quyidagi manzilga: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Koson tosh yoʻli 16-uyga yuborishlari lozim.

Pochta indeksi: 180100, a/ya-17. STIR: 201560065

Tel/faks: +998 (99) 545-53-58 

Elektron pochta: qatt00@mail.ru

Boshqaruv kengashi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan