Aksiyadorlari diqqatiga ! ! !

“Qashqadaryo  texnologik  transport” aksiyadorlik  jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Qashqadaryo  texnologik  transport” aksiyadorlik  jamiyati  2020-2021-2022-2023-yil yakunlari boʻyicha  aksiyalarga hisoblangan dividend toʻlovlarini toʻlashni davom ettirmoqda.

Dividend toʻlovlarini amalga oshirish maqsadida aksiyadorlar oʻzlariga tegishli  plastik kartochkasini hisob raqamlarini yoki  toʻlovni oʻtkazayotgan hisob raqamlari haqida toʻliq maʼlumotlar  berishlari  kerak. Shu bilan birga Sizdan  shaxsingizni tasdiqlovchi yangi  Pasport nusxasini  va  NPS raqamini jamiyatning korporativ munosabatlar  boʻlimiga yuborishingiz soʻraladi.   

 2020-yil yakuni boʻyicha hisoblangan dividend pulini olish uchun 2024-yil yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishga  qadar murojaat qilishingiz soʻraladi, aks holda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning      51 moddasiga asosan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend sifatida aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga jamiyat ixtiyorida qoldirish masalasi qoʻyilishi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun manzil: Oʻzbekiston  Respublikasi,  Qashqadaryo  viloyati,  Qarshi  shahri,  Koson  tosh  yoʻli 16.  pochta  indeksi  180100.  

Murojaat uchun telefon:,  +99899-545-53-58, Elektron pochta: qashqadaryotextrans @mail.ru;, qatt00@mail.ru             

Boshqaruv organi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan