“Qashqadaryo texnologik transport” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 15-yanvar kuni boʻlib oʻtgan majlis qaroriga asosan 2025-yil 14-fevral soat 10:00 ga moʻljallangan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Qonunning 68-moddasiga asosan kvorum boʻlmaganligi sababli 2025-yil 4-mart soat 11.00 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16-uy manzili boʻyicha jamiyat binosining majlislar zalida oʻtkaziladi. Umumiy yigʻilishiga kelgan aksiyadorlarni (ularni vakillarini) roʻyxatga olish soat 10:00dan – 11:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 15-yanvar va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 10-fevral
K U N T A R T I B I:
1) Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishining reglamentini va sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan yuborilgan 2024-yil 14-dekabr kunidagi 02/09-3-17/3706-sonli xatiga asosan jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
3) “Qashqadaryo texnologik transport” AJ ustav fondini kamaytirish.
4) “Qashqadaryo texnologik transport” AJ ustav fondini kamaytirilishi munosabati bilan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar kiritish va oʻzgartirishlar matnini tasdiqlash.
(Izox: Qonun talablariga asosan kun tartibidagi masalalar o’zgarishsiz qoldirilga holda)
Yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, jismoniy shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yuridik shaxsni rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar yigʻilishga materiallari bilan 09-00 dan 16-00 ga qadar jamiyat kimmatli kogozlar boʻlimiga murojaat qilishi mumkin.“Qashkadaryo texnologik transport” AJ joylashgan joyi (pochta manzili) va elektron pochta manzili: Qashkadaryo viloyati, Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16 uy, jamiyatning elektron pochta manzili: qashqadaryotextrans@mail.ru. qatt00@mail.ru
Batafsil maʼlumot uchun aloqa telefoni: (+99899-545-53-58)
«QashkadaryoTT” AJ raxbariyati
