2024-yil yakuni bo’yicha aksiyadorlar umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida

“Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati

Aksiyadorlari diqqatiga!

“Qashqadaryo texnologik transport” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 8-may kuni boʻlib oʻtgan majlis qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yigʻilishi 2025-yil 30-may soat 11:00 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16-uy manzili boʻyicha jamiyat binosining majlislar zalida oʻtkaziladi. Umumiy yigʻilishiga kelgan aksiyadorlarni (ularni vakillarini) roʻyxatga olish soat 10:00dan – 11:00 gacha amalga oshiriladi.

     Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 08-may va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 26-may 

K U N   T A R T I B I:

1.  Sanoq  komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

 2.  Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash.

 3.  Jamiyat Kuzatuv kengashining 2024-yil yakuni boʻyicha hisobotini tasdiqlash.

 4. Jamiyat boshqaruvi raisining 2024-yil yakuni boʻyicha moliyaviy va xoʻjalik faoliyati natijalari, biznes-reja koʻrsatkichlarning hamda iqtisodiy koʻrsatkichlarning     bajarilishi toʻgʻrisida hisobotini tasdiqlash.

5.  2024-yil yakuni boʻyicha jamiyat yillik hisobotlarini, buxgalteriya balansini, foyda va   zararlar hakidagi hisobotini tasdiqlash.

6.  Jamiyatning 2024 yakunlari boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash .

7. “Qashqadaryo texnologik transport” AJning 2024-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarini audit milliy standartlari hamda xalqaro audit standartlari asosida  tashqi auditorlik tekshiruvi auditorlik xulosalarini tasdiqlash.

8. Jamiyatning 2024-yil yakunlari boʻyicha korporativ boshqaruv tizimini baholash toʻgʻrisidagi mustaqil auditor tashkiloti xulosasini tasdiqlash.

9. Ijroiya organining 2025-yilda affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi  uchun jamiyatning joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻlik bitimlarni aniqlashtirish.

10. Jamiyatning uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend pullarini jamiyat ixtiyorida qoldirish toʻgʻrisida.

11. “Qashqadaryo TT” AJning  2025-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan   oʻtkazish,SMK hamda korporativ boshqaruv  tizimini baholash boʻyicha mustaqil audit tashkilotini tanlash va unga toʻlanadigan hakning eng koʻp   miqdorini   belgilash.

12. Oʻtgan yillar davomida jamiyatda soliq peniyasiga hisoblangan xarajat mablagʻlarni qonunlarda belgilangan hujjatlar asosida koʻrib chiqib yoʻnaltirish hamda muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzlarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida.

13. Jamiyatda foydalanishga yaroqsiz va texnik nosoz,foyda keltirmaydigan rentabelsiz avtotransportlarni baholatib qonun talablariga muvofik belgilangan tartibda auksion savdosi orqali sotish va yaroqsiz holga kelgan mulklarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida.

14. Jamiyat boshqaruv raisi  bilan tuzilgan mexnat shartnomasini uch yil muddatga uzaytirish.

Yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, jismoniy shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yuridik shaxsni rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

     Aksiyadorlar yigʻilishga materiallari bilan 09-00 dan 16-00 ga qadar jamiyat qimmatli qogozlar boʻlimiga murojaat qilishi mumkin.“Qashqadaryo texnologik transport” AJ joylashgan joyi (pochta manzili) va elektron pochta manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16 uy,  jamiyatning elektron pochta manzili: qatt00@mail.ru

Batafsil maʼlumot uchun aloqa telefoni: (+99899-545–53–58)

«Qashqadaryo TT” AJ rahbariyati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan