“Qashqadaryo texnologik transport” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 15-yanvar kuni boʻlib oʻtgan majlis qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 14-fevral soat
10:00 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16 uy manzili boʻyicha jamiyat binosining majlislar zalida oʻtkaziladi. Umumiy yigʻilishiga kelgan aksiyadorlarni (ularni vakillarini) roʻyxatga olish soat 09:00dan – 10:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 15-yanvar va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 10-fevral
K U N T A R T I B I:
1) Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishining reglamentini va sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan yuborilgan 2024-yil
14-dekabr kunidagi 02/09-3-17/3706-sonli xatiga asosan jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
3) “Qashqadaryo texnologik transport” AJ ustav fondini kamaytirish.
4) “Qashqadaryo texnologik transport” AJ ustav fondini kamaytirilishi munosabati bilan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar kiritish va oʻzgartirishlar matnini tasdiqlash.
Yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, jismoniy shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yuridik shaxsni rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar yigʻilishga materiallari bilan 09-00 dan 16-00 ga qadar jamiyat qimmatli qog’ozlar boʻlimiga murojaat qilishi mumkin.“Qashqadaryo texnologik transport” AJ joylashgan joyi (pochta manzili) va elektron pochta manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16 uy, jamiyatning elektron pochta manzili: qashqadaryotextrans@mail.ru. qatt00@mail.ru
Batafsil maʼlumot uchun aloqa telefoni: (+99899-545–53–58)
«QashqadaryoTT” AJ raxbariyati
