“QASHQADARYO TEXNOLOGIK TRANSPORT” AKSIYADORLIK JAMIYATIning
2026-yil moliya-xo‘jalik faoliyatini milliy standartlari asosida hamda xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, SMK hamda korporativ boshqaruv tizimini baholash bo‘yicha mustaqil audit tashkilotlarga tanlov boshlanganligi haqida e’lon qiladi!
Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan auditorlik tashkilotlari 2026-yil 02-apreldan 13-aprelga qadar jamiyat boshqaruv kengashiga o‘z tijorat takliflarini taqdim etishlari lozim.
Qo‘yiladigan talablar:
– Audit tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, telefon aloqa raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar
– Litsenziyalar, rahbar imzosi va tashkilotning muhri, sug‘urta polisi, davlat ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlangan nusxalari;
– Shartnoma predmeti, ariza beruvchining yuridik shaxslar faoliyatining umumiy auditni o‘tkazish tajribasi. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini majburiy tekshirishlarining sonini ko‘rsatgan holda rahbarning imzosi va audit tashkilotining muhri bilan tasdiqlangan tijorat taklifi;
– Rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan hujjatlar, jumladan mutaxassislarning tarkibi va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar, auditorlik tashkilotida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan xalqaro va boshqa sertifikatlarga ega bo‘lgan xodimlar soni;
– Audit tashkiloti tomonidan auditorlik xizmatlarining narxini ko‘rsatgan holda moliyaviy hisobotlarning majburiy auditi taqdim etish to‘g‘risida imzolangan shartnoma loyihasi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar, arizalar konvertda quyidagi manzilga: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Koson tosh yo‘li 16 uy ga yuborishlari lozim.
Pochta indeksi: 180100, a/ya-17. STIR: 201560065
Tel/faks: +998-99-545-53-58
Elektron pochta: qashtt_aj@umail.uz
Boshqaruv kengashi
