“Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlari diqqatiga!
“Qashqadaryo texnologik transport” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 20-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan majlis qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 12-noyabr soat 16:00 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16 uy manzili boʻyicha jamiyat binosining majlislar zalida oʻtkaziladi. Umumiy yigʻilishiga kelgan aksiyadorlarni (ularni vakillarini) roʻyxatga olish soat 15:00dan – 16:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 20-oktyabr va aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 06-noyabr
K U N T A R T I B I:
1) Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishining reglamentini va sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2) Jamiyatning yangi tashkiliy strukturasini koʻrib chiqish.
3) Jamiyatning ustaviga oʻzgartirish kiritishni koʻrib chiqish.
Yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, jismoniy shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yuridik shaxsni rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar yigʻilishga materiallari bilan 09-00 dan 16-00 ga qadar jamiyat kimmatli kogozlar boʻlimiga murojaat qilishi mumkin.“Qashqadaryo texnologik transport” AJ joylashgan joyi (pochta manzili) va elektron pochta manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Koson tosh yoʻli, 16 uy, jamiyatning elektron pochta manzili: qatt00@mail.ru
Batafsil maʼlumot uchun aloqa telefoni: (+99899-545–53–58)
“QashqadaryoTT” AJ raxbariyati
