“Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Qashqadaryo texnologik transport” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 21-iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlis qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 11-avgust soat 16:00 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar, Koson tosh yo‘li, 16 uy manzili bo‘yicha jamiyat binosining majlislar zalida o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilishiga kelgan aksiyadorlarni (ularni vakillarini) ro‘yxatga olish soat 15:00 dan – 16:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2025-yil 21-iyul va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi 2025 yil 05 avgust

K U N T A R T I B I:

1) Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishining reglamentini va sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2) Kuzatuv kengashi a’zosini saylash to‘g‘risida.

Yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, jismoniy shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxs aksiyadorning vakili esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yuridik shaxsni rahbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar yig‘ilishga materiallari bilan 09-00 dan 16-00 ga qadar jamiyat qimmatli qogozlar bo‘limiga murojaat qilishi mumkin. “Qashqadaryo texnologik transport” AJ joylashgan joyi (pochta manzili) va elektron pochta manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Koson tosh yo‘li, 16 uy, jamiyatning elektron pochta manzili: qatt00@mail.ru
Batafsil ma’lumot uchun aloqa telefoni: (+99899-545-53-58)

«QashqadaryoTT” AJ raxbariyati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan