Kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiuchun TANLOV E’LON QILADI

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Tanlov Kuzatuv kengashi mustaqil a’zoligi uchun tanlov o‘tkazish, nomzodlarni tanlab olish va unga haq (mukofot) to‘lash to‘g‘risidagi nizom asosida o‘tkaziladi.

Tanlov muddati va aloqa ma’lumotlari

Arizalarni qabul qilish boshlanishi 2026-yil 25-noyabr, soat 09:00 danArizalarni qabul qilish tugashi 2026-yil 14-dekabr, soat 18:00 gacha

Arizalar taqdim etiladigan joy: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Shayxali mahallasi, Koson tosh yo‘li, 16-uy, Jamiyat binosi.

Aloqa uchun telefon: +998 (99) 545-53-58

Elektron pochta: qashtt_aj@umail.uz; qashqadaryotextrans@mail.ru

Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishi: avtomobil transportida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish.

Lavozimga da’vogar nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa) yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar, ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
  • mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (rezyume);
  • o‘zaro mustaqil bo‘lgan 2 joydan tavsiyanoma;
  • Kuzatuv kengashi mustaqil a’zoligi uchun tanlov o‘tkazish, nomzodlarni tanlab olish va unga haq (mukofot) to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil a’zosining mustaqillik mezonlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ariza;
  • qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi, auditor, sug‘urtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
  • iqtisodiyot, moliya, huquqshunoslik, korporativ boshqaruv sohasida kamida 2 ta xorijiy davlatda stajirovkadan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
  • mutaxassisligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa);
  • Kuzatuv kengashi a’zosi sifatidagi tajribasi haqida ma’lumot.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • rahbarlik (rahbar, rahbar o‘rinbosari, bosh hisobchi, menejer, supervayzer, yuridik xizmat boshlig‘i, korporativ boshqaruv sohasida faoliyat yuritadigan boshqarma boshlig‘i, vakolatxona yoki filial rahbari) lavozimlarida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • sudlanmagan yoki sudlanganlik holati o‘rnatilgan tartibda tugatilgan yoki olib tashlangan bo‘lishi;
  • so‘nggi uch yil ichida “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatida va (yoki) uning affillangan shaxslarida ishlamagan bo‘lishi;
  • “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) affillangan shaxslar orqali) aksiyador bo‘lmasligi;
  • “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatining va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lmasligi kerak. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan ko‘p bo‘lgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud bo‘lsa, o‘sha shaxslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb e’tirof etiladi;
  • so‘nggi uch yil ichida “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatiga va (yoki) uning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lmaslik;
  • ketma-ket olti yil davomida “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv kengashi tarkibiga kirmagan shaxs bo‘lish;
  • “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega bo‘lmaslik, bundan Kuzatuv kengashi a’zosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan kelishuvlar mustasno;
  • “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining a’zosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi uch yil ichida ularga a’zo bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, o‘g‘illari, qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bo‘lmasligi;
  • davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi bo‘lmaslik;
  • “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatining ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lish.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, kutilayotgan vazifalar va vakolatlar:

  • qonunchilikda va “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati ustavida belgilangan Kuzatuv kengashi a’zosi vakolat va vazifalarini bajarish;
  • vijdonan va jonkuyarlik asosida harakat qilish;
  • birinchi navbatda “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilish;
  • “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashish;
  • qarorlarni mustaqil, shaxsiy va boshqa manfaatlarni inobatga olmagan holda qabul qilish.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan